“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning mashhur shaharlari, shu jumladan Samarqand shahri boʻylab madaniy dastur ishlab chiqildi.
100 AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov evaziga ishtirokchilar Samarqand shahriga tashrif buyurib, u yerdagi Yuneskoning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy
va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.
Turistik paket narxiga Toshkent-Samarqand va orqaga qaytish uchun temir yoʻl transporti chiptalari, tushlik, shuningdek tarixiy va madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.
Forum oʻtkazish payti Oʻzbekistonda turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchi taklif etilgan yoʻnalishdardan (Buxoro, Samarqand, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati) faqat bittasini tanlashi mumkin.
“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik Forumining
MADANIY DASTURI
27-aprel |
|
730 |
- Samarqand shahriga yoʻlga chiqish |
1010 |
- “Afrosiyob” poyezdida Samarqand shahriga yetib kelish |
1020 - 1300 |
- Samarqand shahri obidalarini tomosha qilish (Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, |
1300 -1500 |
- Tushlik |
1500-1700 |
- Samarqand shahri obidalarini tomosha qilish (Bibixonim madrasasi, Siyob bozori, Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi, “Afrosiyob” muzeyi) |
1700 |
- Samarqand temir yoʻl vokzaliga yoʻl olish |
1730 |
- “Afrosiyob” poyezdida Toshkent shahriga yoʻl olish |