“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning qiziqarli shaharlari, shu jumladan Xiva va Nukus shaharlari boʻylab madaniy dastur ishlab chiqildi.
300 AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov evaziga ishtirokchilar Xiva va Nukus shaharlariga tashrif buyurib, u yerdagi Yuneskoning umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.
Turistik paket narxiga Toshkent-Urganch va Nukus-Toshkent yonalishi boʻyicha aviachiptalar, nonushta, 2 marta tushlik, shundan bir kuni Xiva folklor ansambli konsert dasturini oʻz ichiga olgan holda mehmonxonada bir kun qolish, 2 marta kechki ovqat, madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.
Bundan tashqari Xiva-Nukus yoʻnalishi Moʻynoq shahridagi Orol dengizi fojiasini mujassamlashtiradigan “Kemalar qabristoni”, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi Saviskiy nomidagi muzey va dunyoga “sahrodagi Luvr” nomi bilan tanilgan joylarga ekskursiya uyushtirishni oʻz ichiga oladi.
Forum oʻtkazish payti Oʻzbekistonda turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchi taklif etilgan yoʻnalishdardan (Buxoro, Samarqand, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati) faqat bittasini tanlashi mumkin.
“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumining
MADANIY DASTURI
27-aprel |
|
0725 |
- Toshkentdan yoʻlga chiqish |
0855 – 0930 |
- Mehmonlarni Urganch xalqaro aeroportida kutib olish |
0930 |
- Xiva shahriga yoʻl olish |
1000 – 1200 |
- Xiva shahridagi obidalarni tomosha qilish (“Ichan qalʼa” majmuasi, Muxammad Aminxon nomidagi madrasa va minora, Polvon qori majmuasi, Koʻhna ark qalʼasi va zindoni, Muxammad Raximxon II ning madrasasi (Xiva tarixiy muzeyi), Sayid Allovuddinning memoriali, Qozi kalon madrasasi (musiqa muzeyi), Sher Gʻozixon madrasasi (tarixiy muzeyi), Sayid Islom xoʻja minora va madrasasi (amaliy sanʼat muzeyi) |
1200 – 1300 |
- Tushlik (Xiva folklor ansambli konsert dasturi bilan) |
1300 – 1600 |
- Ekskursiyani davom ettirish (“Ichan Qalʼa” majmuasi, Arabxon madrasasi, Muxammad Amin inoq madrasasi (Mustaqillik muzeyi), Uch avliyo madrasasi, Tosh hovli, Allaqulixon madrasasi, Abdullaxon madrasasi (tabiat muzeyi) |
1620 – 1730 |
- “Nurullaboy” majmuasini tomosha qilish |
1800 – 1930 |
- Kechki ovqat |
1940 |
- Nukus shahriga yoʻl olish |
2200 |
- Nukus shahridagi mehmonxonaga yetib kelish |
28-aprel |
|
0600 – 0700 |
- Mehmonxonada nonushta |
0700 |
- Moʻynaq tumaniga yoʻl olish |
1000 – 1030 |
- Kofe-breyk |
|
- Moʻynoq tumanida ekskursiya (Orol dengizi va Moʻynoq oʻlkashunoslik tarixiy muzeyi, Kemalar qabristoni, Orol dengizi qiyaligi) |
1200 |
- Nukusga yoʻl olish |
1400 – 1500 |
- Tushlik |
1500 – 1700 |
- Nukus shahrida joylashgan Saviskiy nomidagi muzeyga ekskursiya |
1700 – 1900 |
- Kechki ovqat |
2025 |
- Mehmonlarni Nukus xalqaro aeroportiga kuzatish va Toshkent shahriga qaytish |