“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning qiziqarli shaharlari, shu jumladan Buxoro shahri boʻylab madaniy dastur ishlab chiqildi.
200 AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov evaziga ishtirokchilar Buxoro shahriga tashrif buyurib, u yerdagi Yuneskoning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.
Turistik paket narxiga Toshkent-Buxoro va orqaga qaytish uchun temir yoʻl transporti chiptalari, temir yoʻl vokzalidan mehmonxonaga va memonxonadan temir yoʻl vokzaliga, mehmonxonada bir kun qolish, nonushta, 2 marta tushlik va 1 marta kechki ovqat konsert dasturi bilan, shuningdek tarixiy va madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.
Forum oʻtkazish payti Oʻzbekistonda turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchi taklif etilgan yoʻnalishlardan (Buxoro, Samarqand, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati) faqat bittasini tanlashi mumkin.
“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumining
MADANIY DASTURI
27-aprel |
|
0730 |
- Toshkentdan yoʻlga chiqish |
1120 |
- Buxoro sh. temir yoʻl vokzaliga kelish |
1140 - 1300 |
- Buxoro sh. Obidalarni tomosha qilish (Sitorai Mohi Xosa) |
1300 -1430 |
- Tushlik |
1430-1700 |
- Buxoro sh. obidalarini tomosha qilish ("Labi hovuz" ansambli, "Shahriston" majmuasi, Minorai Kalon, "Mir Arab" madrasasi, Masjidi Kalon, "Ark" qal'asi) |
1700 |
- Mehmonxonaga yoʻl olish |
1700-1830 |
- Hordiq |
1830-2130 |
- Kechki ovqat (konsert dasturi bilan) |
2130 |
- Mehmonxonaga yoʻl olish |
28-aprel |
|
0800-0900 |
- Nonushta |
0900-1230 |
- Buxoro sh. obidalarini tomosha qilish (Somoniylar mavzoleyi, Bolo xovuz, "Modarixon" madrasasi, kompleks "Chor bakr") |
1230-1430 |
- Tushlik |
1430-1500 |
- Mehmonxonada hordiq |
1500 |
- Buxoro sh. temir yoʻl vokzaliga yoʻl olish |